24 November 2024
2024/05/06 - 16:21 View: 180

Mamlakatimiz elchisi Toshkentda O‘zbekiston Bosh muftiysi bilan uchrashdi

Mamlakatimizning Toshkentdagi elchisi Janobi Oliylari Muhammad Ali Iskandariy janoblari O‘zbekiston Bosh muftiysi Janobi Nuriddin Xoliqnazarov xazratlari bilan uchrashib suhbatlashdi.

Ushbu uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida din va diniy mushtaraklik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Mamlakatimiz elchisi shunday dedi: Eron Islom Respublikasi islomiy qadriyatlarni himoya qilishda ikkilanmay, islom va musulmonlarni himoya qilishda fidoyilik bilan oldingi safda bo‘ldi.

U aytdi: Islom olamidagi fitna, nifoq va ixtilof Amerika va Isroilning strategik rejalaridandir va ular hech qachon musulmon xalqlarining xayrixohlari bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Vaholanki, dinlarni yaqinlashtirish Eron Islom Respublikasi tomonidan hamisha jiddiy izlanilgan va amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Bosh muftiysi Nuruddin Xoliqnazarov barcha sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar jarayonini ijobiy baholar ekan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi din, madaniyat, mushtaraklik munosabatlarimiz yanada chuqurlashishida muhim omil ekanligini ta’kidladi.

U shunday dedi: Eron Islom Respublikasining fors tilidagi qo‘lyozmalar sohasidagi imkoniyatlarini hisobga olib, biz Qur’on tadqiqoti va Qur’on qo‘lyozmalari sohasidagi hamkorlikni olqishlaymiz.

متن دیدگاه
نظرات کاربران
تاکنون نظری ثبت نشده است